ANTON HERASHCHENKO VIA FACEBOOK
3 avgust kunining ikkinchi yarmida Ukrainadagi nashrlar noma’lum shaxs poytaxtdagi «Leonardo» biznes markazida joylashgan bankda bank xodimini garovga olib, bankni portlatish bilan tahdid qilayotgani haqida xabar tarqatdi.
U muzokara vaqtida oyog‘iga bog‘langan ryukzagida bomba borligi, u istalgan vaqtda portlashi mumkinligini aytgan. U o‘zini jonli efirga chiqarishlarini talab qilgan va bir nechta telekanallarda chiqarilgan ham.
Ukraina ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashchenko ushbu shaxs asli o‘zbekistonlik ekanini ma’lum qilgan.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilik aktini amalga oshirish bilan tahdid qilgan shaxs — 1988 yil 25 martda tug‘ilgan Karimov Suxrob Rahmonovich, O‘zbekiston fuqarosidir. Uning ijtimoiy tarmoqlaridagi postlariga ko‘ra, u psixologik xasta shaxs», deya yozgan Gerashchenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida.
Ko‘p o‘tmay Ukraina xavfsizlik xizmati maxsus bo‘linmasi bank hududida amaliyot o‘tkazdi. U bank binosida jurnalistlar bilan gaplashayotgan vaqtda Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
«Buyog‘iga sud va uzoq muddatli qamoq», degan Gerashchenko.
Bu so‘nggi haftalarda Ukrainada politsiyani oyoqqa turgizgan uchinchi shov-shuvli holat bo‘ldi. 21 iyul kuni Lutskda 44 yoshli Maksim Krivosh yo‘lovchi avtobusni garovga olgandi. Prezident Vladimir Zelenskiy o‘shanda terrorchining talabini qondirib, ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat joylashtirgan hamda «Yerliklar» filmini tomosha qilishga chaqirgandi. Krivosh yo‘lovchilarni qo‘yib yuborgan, uning o‘zi qo‘lga olingan.
23 iyul kuni Poltavada noma’lum shaxs politsiyachini qo‘lga oldi va granata portlatish bilan tahdid qildi. Ko‘p o‘tmay u garovdagi politsiyachini qo‘yib yubordi va o‘rmonga yashirindi. Bir hafta o‘tib uni topishdi, qo‘lga olish vaqtida u o‘ldirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)