
Foto: Videodan kadr
Rossiyaning Samara viloyatida qolib ketgan qariyb 500 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytish uchun Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishga urindi. Bu haqda «Interfaks» xabar qilgan.
«Odamlar 3 avgust kuni soat 09:00 da ularning vaziyati bo‘yicha ijobiy javob e’lon qilinishini kutgan. Ammo kutilgan voqea sodir bo‘lmagan. Oqibatda ular Orenburg viloyati hududi orqali chegarani kesib o‘tishga uringan. Kuchishlatar tizim vakillari olomonni Samara viloyati hududiga qaytargan», — deyiladi xabarda.
Mash nashrining Telegram’dagi kanali muhojirlar hamda Rossiya gvardiyasi xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berganini xabar qilgan. «Interfaks» axborotida ushbu harakatlar oqibatida hech kimga ziyon yetmagani qayd etilgan. Privoljsk okrugi gvardiyachilarining axborot xizmati to‘qnashuvning yuz berganini tasdiqlagan.
— Shukhrat (@bankir2102) August 5, 2020
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonning koronavirus pandemiyasi tufayli davlat chegaralarini yopgani oqibatida vatanga qayta olmayapti. Iyul o‘rtalarida chegara yaqinidagi chodirlarda minglab o‘zbekistonliklarning qolib ketgani haqida xabarlar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar