Bugun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Kristian Lindmayer Rossiya litsenziyani qo‘lga kiritishdan oldin vaksinaning barcha zaruriy sinovlarini o‘tkazish zarurligini aytgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Rospotrebnadzor matbuot xizmatining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, «Vektor» markazining koronavirusga qarshi vaksinasi barcha majburiy talablar va me’yorlar, shuningdek, klinik sinovlarni o‘tkazish qoidalariga qat’iy amal qilingan holda ishlab chiqilmoqda.
«Koronavirusga qarshi «EpiVakKorona» vaksinasi Rospotrebnadzorning «Vektor» markazi tomonidan Rossiya qonunchiligida ko‘zda tutilgan barcha majburiy talablar va ma’yorlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilmoqda», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, markaz JSST tavsiyalarini kuzatib bormoqda.
«Klinik tadqiqotlar o‘tkazish qoidalariga qat’iy rioya qilinishi esa Rossiya aholisi uchun xavfsiz va sifatli vaksina ishlab chiqarish ishonchini oshiradi», deydi Rospotrebnadzor vakili. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)