Foto: «Zoobusiness.kiev.ua»
AQSHning Kanzas shtati universiteti olimlari koronavirusga qarshi terapevtik vositani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda «Science Daily» ilmiy nashri saytida xabar berilgan.
Aniqlanishicha, 3CLpro sifatida tanilgan 3S-simon proteaz SARS-CoV-2 rivojlanishida asosiy ferment hisoblanadi. Olimlar proteaz ingibitorlarini MERS koronavirusini yuqtirgan laboratoriya sichqonlarida sinab ko‘rishdi. Natijada yuqumli kasallikning zaif nuqtasiga qaratilgan terapevtik vosita virus replikatsiyasini to‘xtatgan.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, dori vositalari to‘plami odamlar orasida tarqalgan nafaqat MERS, balki MERS-CoV va SARS-CoV-2 koronaviruslari ko‘payishining ham oldini olishga yordam beradi. Tajribada tavsiflangan preparatlar «Cocrystal Pharma» kompaniyasi tomonidan patentlangan va litsenziyalashtirilgan. Mutaxassislarning fikricha, dori vositalarining samarasini odamlarda sinab ko‘rish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin