16:36 / 06.08.2020
1 840

Osiyo davlatlari AQSH va Xitoy vaksinalari orasidan qaysi birini tanlaydi?

Osiyo davlatlari AQSH va Xitoy vaksinalari orasidan qaysi birini tanlaydi?
Foto: «Noteru.com»
Osiyo davlatlari AQSH va Xitoyda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinalardan birini tanlashga majbur. «South China Morning Post» gazetasining jurnalistlari ekspertlar bilan suhbatlashganda, mintaqa davlatlari motivatsiyasini izohlab berishdi.

Dunyo bo‘ylab 160 ta vaksina ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda. Farmatsevtika kompaniyalari mamlakatlar bilan shartnoma imzolashni allaqachon boshlab yuborishgan. Davlatlar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina iqtisodiyotni tezroq tiklashga va normal hayotga qaytishga yordam berishiga umid qilishmoqda.

Pekin tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani sotib olishni xohlovchilar orasida Filippin va Malayziya bor. Indoneziya Xitoy bilan birgalikda dori ishlab chiqmoqda: «Bio Farma» va «Sinovac» kompaniyalari apreldan beri buning ustida shug‘ullanishmoqda. Mabodo uddalashsa, yiliga 250 million dozadan vaksina ishlab chiqarishadi. Shu bilan birga, Osiyoning boshqa mamlakatlari — jumladan, Yaponiya, Singapur va Tailand katta ehtimol bilan Amerika vaksinasini xarid qilishadi. Mana, masalan, Tokio va Amerikaning dori ishlab chiquvchi kompaniyalari eksperimental dozalarni yetkazib berish bo‘yicha kelishib qo‘yishgan.

«Marsh & McLennan Advantage» kompaniyasining sog‘lom jamiyat bo‘limi direktori Kavita Xarixaranning fikricha, bunday tanlov vaksinalarning xavfsizligi va samaradorligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, davlatlarni dorining narxi tashvishga solmoqda: shu tufayli aholisi ko‘p bo‘lgan mamlakatlar mahsuloti arzonroq bo‘lgan farmatsevtika kompaniyalarini tanlashi ehtimoldan xoli emas.

Singapur milliy universiteti jamoat salomatligi maktabi dotsenti Jeremi Limning ta’kidlashicha, geosiyosiy sabablar ham Osiyo tanloviga ta’sir o‘tkazadi. Deylik, birorta mamlakat Xitoy bilan tarixan yaxshi munosabatlarga ega. U o‘z manfaatlarini vaksina xavfsizligi va samaradorligidan ustun qo‘yishi turgan gap.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)