22:07 / 07.08.2020
3 703

Olimlar koronavirusga qarshi sprey ko‘rinishidagi vaksina yaratdi

Olimlar koronavirusga qarshi sprey ko‘rinishidagi vaksina yaratdi
Foto: «Korrespondent.net»
Janubiy Koreyada biologlar in’eksiya orqali emas, burun spreyi orqali qabul qilinadigan koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqdi, deb xabar berdi «Korrespondent.net».

Qayd etilishicha, vaksina allaqachon «insonlashtirilgan» transgen sichqonlarda sinovdan o‘tkazilgan. Vaksina in’eksiya (teri osti yoki tomirga yuborish) yo‘li bilan emas, balki burunga sprey orqali yuborish bilan amalga oshirilgan.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ularning vaksinasi burun shilliq qavati atrofidagi hujayralar immunitetini mustahkamlaydi. Termometr bilan hisoblaganda 37 dan 22 darajagacha asta-sekin Vero epiteliy hujayralarini o‘stiradi.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, preparatning bitta dozasi SARS-CoV-2 va SARS-CoV infeksiyalariga o‘ta sezgir bo‘lgan, burun orqali emlangan sichqonlar terisida IgA shilliq pardasi va to‘qimasida hujayralar immunitetini neytrallashtirgan. (Nazorat guruhida emlanmaganlar infeksiyadan so‘ng o‘lgan).

«Bitta doza bilan emlangan sichqonlar infeksiyadan to‘liq himoya qilindi. Ularda vazn yo‘qotish, o‘lim va virusning burun orqali miya, o‘pka va buyraklarga o‘tgani kuzatilmadi», – deb yozadi mualliflar. Preparat 19 ta sichqonchada sinovdan o‘tkazildi. Klinik tadqiqotlar hali o‘tkazilmagan.

Ishlab chiquvchilar oldindan buyurtma berilayotgan, yetakchi dorilardan biri CHAdOX1-nCoV-19 vaksinasidan foydalanganda ham virusli RNK burun va o‘pkada topilgan. Ularning nomzodi esa butunlay himoya qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirusga qarshi sprey ko‘rinishidagi vaksina yaratdi