Yevgeniy Barsov / Foto : Surgut shahri dumasi
Surgut shahrining eng badavlat deputati, tadbirkor Yevgeniy Barsovda 26ta kvartira va 10ta samolyot borligi ma’lum bo‘ldi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, aynan shunday raqamlar mulozimning daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyasida mavjud.
Barsov 2019 yilda 72 mln rubl (taxminan 1 mln dollar) ishlab topgan, bu esa uning avvalgi yildagi daromadidan 2 barobar ko‘pdir. U o‘nlab kvartira va sport samolyotlaridan tashqari xususiy gazoprovodiga, ko‘pqavatli turar-joyga, 3ta avtomobil turar joyiga va ekskavatorga ega.
2016 yilda Barsov deklaratsiyasiga 10ta samolyot kiritgan, ammo kvartiralari soni kamroq bo‘lgan – 5ta.
2017 yilda tadbirkor «Yedinaya Rossiya» partiyasini tark etib, mandatini topshirgan, shu tufayli deklaratsiya topshirmagan.
Keyinchalik LDPR partiyasi bilan saylovda g‘olib chiqib, Duma a’zosi bo‘lgan. 2018 yilda uning kvartiralari soni 29taga yetgan.
Qayd qilinishicha, Yevgeniy Barsov 25 yil davomida «Surgutstroytrest» kompaniyasiga rahbarlik qilib, 2018 yilda bu biznesini sotib yuborgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?