Foto: Haberler
Turkiyaning Zonguldak shahrida yashovchi 22 yoshli Akin Turko‘g‘li sevgan qizining ota-onasi ortiqcha vazni tufayli ularning turmush qurishiga ruxsat bermagani uchun 212 kiloga ozdi. Bu haqda Haberler xabar berdi.
Akin Turko‘g‘li 7 yoshidan boshlab juda ko‘p ovqatlana boshlagani, o‘zini hech to‘xtata olmagani va so‘nggi 15 yil ichida 296 kilogrammga semirganini aytadi. U semiz va og‘irligi sabab ko‘chaga chiqolmagan. Hayotdan soviy boshlagan.
Akin sakkiz yildan beri bir qizni sevgan. Unga uylanish niyatini aytganda, qizning oilasi uni xohlamagan. Qizning do‘stlari Akinga semizligidan nafrat bilan qaragan. Shundan so‘ng Turko‘g‘li qizning bitiruv oqshomiga kostyum shimda borishni niyat qilgan.
Foto: Haberler
Akin har kuni tog‘ yonbag‘rida 25 kilometr yo‘l yuradi. U yurgan holida ishlarini hal qiladi. Turko‘g‘li mashinasi bor ekanligini, ammo 6 oydan beri uni haydamayotganligini aytadi. Har kuni yarim piyola sho‘rva va ko‘p-ko‘p suv ichadi.
Akin sevgan qizi bilan ayrilgandan so‘ng bitiruv oqshomiga bormagan. Ammo hozir u kostyum kiya boshlagan. Uning vazni 296 kilogrammdan 84 kilogrammga tushgan. Akin yangi hayotidan va sog‘lomligidan juda xursand.
«Bundan keyin ham xuddi shunday yashashda davom etaman. Inshaalloh, kelajakda meni sevadigan odam bilan uchrashaman. Ozmoqchi bo‘lganlarga tavsiyam: ko‘proq piyoda yuring va ko‘p suv iching», – deydi Akin Turko‘g‘li. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi