Foto: EPA
Koronavirus pandemiyasi kishilarning jamiyat institutlariga ishonchini pasaytirib yuboradi, hukumatning suiiste’mol qilinishiga, iqtisodiy notenglikning yanada chuqurlashishiga olib keladi. BMT Xavfsizlik kengashining 12 avgust kuni bo‘lib o‘tgan onlayn yig‘ilishida BMT rahbari Antoniu Guterrish ana shularni ta’kidladi.
Guterrish birinchi navbatda mamlakatlar hukumatlari va jamiyat institutlariga ishonchning pasayib ketishidan xavotirda. Pandemiya global iqtisodiy tartib barqarorligiga putur yetkazishini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.
«Misli ko‘rilmagan jahon iqtisodiy inqirozi oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik chuqurlashishidan qattiq tashvishdaman», — dedi Guterrish.
Bosh kotib pandemiyadan hukumatning suiiste’mol qilinishida foydalanilishiga mutlaqo qarshi ekanini ham ma’lum qildi.
«Oxirgi kunlarda qator mamlakatlarda tinch namoyishlar bo‘lib o‘tdi, biroq namoyishlarni kuch bilan bostirish va repressiyalarda pandemiyani dastak qilib olgan mamlakatlar ham yo‘q emas», — ta’kidladi BMT rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi