Foto: «Ifoundmydoctor.com»
Dunyo bo‘yicha haddan tashqari kam odamlar COVID-19 bilan kasallanishdi, aksariyati virus oldida zaif qolmoqda, shu bois hushyorlikni yo‘qotmaslik kerak, dedi JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan.
«Kamdan-kam odamlar virusni yuqtirib olib, immunitet hosil qilishdi. Dunyo aholisining aksar qismi virus oldida zaif qolayotganini yodda tutish kerak», — dedi Rayan Jeneveda bo‘lib o‘tgan brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda odamlarning muayyan guruhlari orasida virus tarqalishi katta xavf solmoqda. Shu bois JSST hammani vaziyatga mas’ulit bilan yondoshishga, imkon qadar odamlar gavjum joylarga bormaslikka va niqob taqishga chaqirmoqda.
«Sokinlik to‘fondan chiqqanimizni bildirishi mumkin... Lekin to‘fonning markazida bo‘lishimiz mumkinligini ham unutmasligimiz kerak», — deya qo‘shib qo‘ydi JSST dasturi direktori.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 20 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lib, ulardan 737 ming nafari vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”