Foto: AP / Andy Wong
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo qayerga bormasin, doim Xitoyni tanqid qiladi va ayblaydi. U barcha yerda yolg‘on ma’lumot va “siyosiy virus” tarqatadi. Bunday bayonot bilan Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan chiqdi.
Avvalroq Pompeo Chexiyaga tashrifi vaqtida ushbu mamlakat senatida so‘zlagan nutqi davomida Rossiya Chexiya xavfsizligiga putur yetkazishga intilayotgani, yolg‘on ma’lumot tarqatishi va kiberhujumlar sodir etishini, Xitoy esa hamma yerda biznesni o‘z nazoratiga olishga urinishini aytgan. Pompeo, shuningdek, Xitoy demokratiya uchun Rossiyadan ko‘proq xavf solishini aytgan.
“Pompeo sovuq urush g‘oyalari va o‘zining g‘araz manfaatlariga tayanib, Xitoy kompartiyasini hamda Xitoyning ichki va tashqi siyosatini qayta-qayta asossiz tanqid qilmoqda. Xitoy allaqachon bu borada o‘z qat’iy pozitsiyasini bildirgan”, deb aytgan Chjao Litszyan.
“Imkoniyatdan foydalanib, OAVdan janob Pompeodan u kunba-kun qayta-qayta yolg‘on gapirganda, faktlarni rad etganda va buzib ko‘rsatganda o‘zini aybdor qilishi-qilmasligi haqida so‘rashlarini iltimos qilgan bo‘lardim”, deb ta’kidlab o‘tgan Xitoy vakili.
Diplomatning aytishicha, Pompeo va unga o‘xshash shaxslar xalqaro hamjamiyatni Xitoyga qarshi qayrashga urinadi, biroq xalqaro hamjamiyat buni yaqqol ko‘rib turibdi va bu nayranglarga uchmaydi. “Shu sababli bunday urinishlar muvaffaqiyatli tugamaydi”, deb ta’kidlab o‘tgan Xitoy vakili. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi