Foto: Elements.envato
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari orqali tarqalishini isbotlovchi dalillar yo‘qligini ma’lum qildi, deb xabar beradi CNBC.
JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayanning ma’lum qilishicha, Xitoydagi tadqiqotchilar ushbu masalani hali o‘rganib chiqmoqda, xalqaro agentlik esa ularning xulosalarini kuzatyapti.
«Odamlar yeguliklardan, oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlari, ularni qayta ishlash yoki yetkazib berishdan qo‘rqmasliklari kerak. Va biz oziq-ovqat bilan yoki uni uzatishga bog‘liq muammo bor degan taassurot paydo qilishni istamagan bo‘lardik. Shundoq ham barcha kuchli bosimni his qilmoqda», — deydi u.
NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydagi uchta shahar so‘nggi to‘rt kun ichida muzlatilgan import mahsulotlari yuzasidan koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Bu virus oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishi mumkinligi va qaytadan infeksiya tarqalishini yuzaga keltirishi xavfini paydo qilgan.
JSSTning qayd etishicha, Xitoy sog‘liqni saqlash organlari muzlatilgan mahsulotlarning «bir necha yuz ming» namunasini tekshirib chiqqan va testlarning juda kam qismi ijobiy natija bergan. Mamlakat hukumati BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilar qanday ishlashlari lozimligi borasida xavfsizlik qo‘llanmasini chiqargan.
JSST vakillarining ta’kidlashicha, agar virus rostdan ham yegulik orqali tarqalsa, uni organizmga kirguniga qadar «o‘ldirish» mumkin.
«Agarda virus rostdan ham oziq-ovqatda bo‘lsa, taom tayyorlash vaqtida uni o‘ldirish mumkin. Masalan, go‘shtni yuqori haroratda tayyorlash vaqtida», — deydi epidemiolog Mariya Van Kerkxove. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi