Foto: «Nv.ua»
Yer yuzidagi eng yuqori harorat AQSHning Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysi (Death Valley) milliy bog‘ida qayd etildi, deya xabar bermoqda «Interfaks».
AQSH milliy ob-havo xizmatiga ko‘ra, vodiyda havo harorati 54,4 darajaga yetgan. Qayd etish kerak, bu boradagi avvalgi rekord ham O‘lim vodiysida 2013 yilda qayd etilgan. Unda havo harorati 54 darajagacha isigan.
Ba’zi manbalarda, 1913 yil O‘lim vodiysida havo harorati 56,6 darajaga yetgani haqida ma’lumotlar mavjud. Ushbu ma’lumotlar to‘g‘riligiga zamonaviy olimlar shubha bilan qaraydi. Ularning fikricha, bir asr oldin havo haroratini o‘lchashda xatoga yo‘l qo‘yilgan.
AQSH rasmiylari 2-3 kun haddan tashqari yuqori haroratni namlikning yuqori darajada ekanligi bilan bog‘lamoqda. Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining ta’kidlashicha, AQSHdagi jazirama issiq havo mamlakatdagi boshqa ekstremal ob-havoga qaraganda o‘rtacha hisobda ko‘proq odamni nobud qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi