19:12 / 19.08.2020
1 658

Donald Tramp Obama va Baydenga yangi laqab qo‘ydi

Donald Tramp Obama va Baydenga yangi laqab qo‘ydi
Jo Bayden hamda Barak Obama
Foto: AP Photo

Siyosatdagi raqiblariga laqab to‘qishga ishqiboz bo‘lgan AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zidan avval davlat rahbari bo‘lgan Barak Obama hamda uning vitse-prezidenti bo‘lgan Jo Baydenni bir ism bilan atashni taklif qildi. Bu haqda CBS News xabar qilgan.

Minnesotadagi uchrashuvda Tramp yana Obamaning iqtisodiy siyosatini tanqid qildi va sobiq prezidentning ushbu yo‘nalishda olib borgan ishlari AQSH ishchilarining manfaatlariga zid kelganini ta’kidladi. Donald Tramp saylovlarda jamiyatning ushbu bo‘g‘ini o‘ziga ovoz berishiga umid bog‘lagan.

«Ular Obama va Bayden. Men ularni qisqaroq qilib Obayden deyishni afzal bilaman. Menga ushbu atama yoqadi, bu so‘zni ishlatib vaqtni tejash mumkin[i][/i]», – degan AQSH prezidenti.

Demokratlar yetakchisi Bayden respublikachilar vakili bo‘lgan Trampning noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlardagi asosiy raqibi. Tramp uni ko‘pincha «Uyqudagi Jo» deb g‘ashiga tegadi.

Avval AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda asosiy kurashni o‘zining demokratlardan bo‘lgan raqibi Jo Bayden bilan emas, balki OAV bilan ko‘rayotgani haqida gapirgandi. Tramp TikTok videoservisiga egalik qiluvchi ByteDance’ning ortidan Xitoyning Qo‘shma Shtatlarda faoliyat yuritayotgan boshqa kompaniyalariga ham bosim o‘tkazilishi mumkinligini inkor etmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)