«Korrespondent.net»
Britaniyaning Burberry brendi o‘zining katak printlari tushirilgan ko‘p marta taqishga mo‘ljallangan niqoblardan iborat kolleksiyasini taqdim qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, niqoblar qayta ishlangan matolardan tikilgan bo‘lib, shaxsiy himoya vositalari talablariga javob beradi. Antimikrob texnologiyalar asosida tayyorlangan maxsus sumkalar bilan birga sotiladigan niqoblar narxi 118 dollarni tashkil etadi, deyiladi xabarda.
Niqoblardan tushgan mablag‘ning bir qismi Burberry’ning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish maqsadida tashkil qilingan fondiga o‘tkaziladi.
Avvalroq Burberry brendi fabrikalarini tibbiy niqob va himoya xalatlari ishlab chiqarishga moslashtirgani, virusga qarshi vaksina ustida tadqiqot olib borayotgan Oksford universitetini moliyalashtirgani, shuningdek, xayriya bilan shug‘ullanuvchi FareShare, The Felix Project va boshqa tashkilotlarga katta mablag‘ ajratgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi