Honkong universiteti olimlari koronavirus infeksiyasiga bir marta chalingan odam uni qayta yuqtirishi holati birinchi bor o‘z tasdig‘ini topganini ma’lum qilishdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, 33 yoshli erkak COVID-19’dan sog‘ayib chiqqandan to‘rt oy o‘tib, yana shu dardga yo‘liqqani aniqlangan. Ilk bor kasallikka chalingan paytida bemorda yengil belgilar kuzatilgan bo‘lsa, ikkinchi safargisi simptomlarsiz kechgan.
Holatni o‘rgangan olimlarning aytishiga qaraganda, bu bemor Ispaniyadan qaytib kelganidan so‘ng unda yangi infeksiya borligi aniqlangan. O‘tkazilgan tekshirishlardan so‘ng, uning shtammi o‘sha erkak birinchi bor yuqtirib olgan virusdan sezilarli farq qilishi, ko‘proq iyul-avgust oylarida Yevropada kuzatilgan COVID-19ga o‘xshab ketishi ma’lum bo‘ldi.
Bundan oldin AQSH va boshqa davlatlarda ham koronavirusga takroriy chalinish holatlari yuz bergani taxmin qilingan, ammo bu chuqur tadqiqotlar bilan isbotlab berilmagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi