Foto: EDnews
Mali g‘arbida o‘ndan ortiq harbiy xizmatchi Kulikoro viloyatida uyushtirilgan hujum oqibatida vafot etdi, yana bir necha kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘q-dorilar zaxirasini yetkazib berishga javobgar harbiy xizmatchilar bo‘linmasi 3 sentabr kuni kechqurun Gire aholi punkti yaqinida hujumga uchragan. Hujum oqibatida harbiylarning o‘limidan tashqari katta moddiy zarar ham yetkazilgan. Mali armiyasi hodisa joyiga qo‘shimcha kuch yuborgan.
Bu Malida 18 avgustdan buyon askarlarga uyushtirilgan uchinchi hujum hisoblanadi. 22 va 27 avgust kunlari Mopti viloyatida uyushtirilgan hujumlar oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, o‘ndan ortiq kishi jarohat olgan. Hozircha hujum bo‘yicha mas’uliyatni hech kim o‘z zimmasiga olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Malida 18 avgust kuni harbiylar tomonidan isyon ko‘tarilgandi. Qo‘zg‘olon poytaxt Bamako yaqinidagi Kati shahrida joylashgan katta harbiy bazada boshlangan. Isyonchilar prezident Keyta hamda bosh vazir Bubu Sisseni hibsga olgan. Ushbu voqeadan keyin Keytaning o‘zi ham iste’foga chiqishi haqida bayonot bergan. Hukumatni qo‘lga olgan harbiylar «Xalqni qutqarish milliy kengashi» tuzilganini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi