Foto: «Rodkom.org»
Germaniyada mahalliy «BioNTech» hamda uning amerikalik hamkori «Pfizer» kompaniyalari birgalikda ishlab chiqayotgan koronavirusga qarshi vaksina klinik sinovlari o‘tkaziladi. Paul Erlix instituti ikkinchi va uchinchi bosqich sinovlariga ruxsat berdi.
Germaniyadagi sinovlar — iyul oyida boshlangan xalqaro tadqiqotlarning bir qismi sanaladi. Rejaga ko‘ra, yakuniy sinovga qariyb 30 ming ko‘ngilli jalb etilgan bo‘lib, ular vaksina yoki platsebo qabul qilishadi. Shu paytgacha dunyoning 120 ta tadqiqot markazida 25 ming nafar ko‘ngilli sinovlarda qatnashdi.
«Nazorat ostidagi yakuniy uchinchi bosqichning o‘tkazilishi vaksina xavfsizligini tasdiqlashda juda muhim ahamiyatga ega», — dedi «BioNTech» asoschilaridan biri Ugur Sahin.
Agarda sinovlar yaxshi natija bersa, har ikki kompaniya vaksinani bozorga chiqarish uchun oktabr oyida ariza topshirishadi. Yil oxirigacha 100 mln. doza, 2021 yil oxirigacha 1,3 mlrd. dozadan ko‘proq vaksina chiqarish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?