Foto: Apple
Apple kompaniyasi 10 sentabrda Singapurda o‘zining birinchi suv ustidagi do‘konini ochadi.
Do‘kon Marina-Bey ko‘rfazida Marina Bay Sands mehmonxonasi yonida joylashadi. U o‘zidan 114 ta qismdan iborat oynavand gumbazni aks ettiradi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, ushbu inshoot bu turdagi birinchi inshoot hisoblanadi.
Shar shaklidagi inshoot ichida soya beruvchi pardevorlar, yuqori qismida esa dumaloq shakldagi oyna o‘rnatilgan. Bundan tashqari, do‘konning suv ostidagi qavatida anjumanlar zali joylashgan.
Ushbu do‘kon Apple’ning Singapurdagi uchinchi do‘koni bo‘ladi va unda 148 kishi ishlaydi. E’tiborlisi, do‘kon xodimlari umumiy hisobda 23 tilda so‘zlasha oladilar. Singapurda pandemiya sababli amal qilayotgan cheklovlar sababli do‘konga uning ochilishi kuni maxsus saytda oldindan tashrif vaqtini bronlab qo‘yganlargina tashrif buyura oladi.
Do‘kon xodimlari ijtimoiy masofaga amal qilinishi uchun do‘konda ozchilik bo‘lishini nazorat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi