Foto: «TASS»
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya qonunchiligini isloh qilish konsepsiyasini va «Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni taqdim etdi, deb xabar bermoqda «Kommersant’». Unga ko‘ra, Rossiyadagi barcha migrantlardan barmoq izlarini olish rejalashtirilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Rossiyadagi chet el fuqarolarining huquqiy maqomi to‘g‘risida butunlay yangi federal qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda, unda ko‘plab o‘zgarishlar kiritilgan. Rossiya hududida bo‘lish tartibiga o‘zgartirish kiritish, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish ko‘zda tutilgan.
Xususan, Rossiyada 30 sutkadan ortiq vaqt davomida bo‘ladigan migrantlarga barmoq izlarini topshirish, suratga tushish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va ID-kartalar olish majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, Rossiyaga kirib kelganlarning barchasidan barmoq izlarini olish g‘oyasi bir necha yillardan buyon muhokama qilib kelinmoqda. Biroq kirib kelganlarning barchasidan barmoq izlarini bevosita chegaradayoq olish uchun barcha postlarda tegishli uskunalarni o‘rnatishni talab qilgan avvalgi g‘oyadan farqli ravishda Rossiya IIV migrantlarga mamlakatga kelishi bilanoq mustaqil ravishda barmoq izlarini topshirish majburiyatini yuklashni taklif etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)