Foto: Izvestiya
Rossiya IIV mamlakatga ishlash uchun keladigan migrantlar uchun yagona bo‘nak solig‘i joriy etishni taklif qildi. Bu haqda vazirlik tomonidan tayyorlangan migratsiya masalalari bo‘yicha yangi qonun loyihasi konsepsiyasida qayd etilgan.
Unga ko‘ra, bu turdagi soliqni to‘lash uchun elektron patent rasmiylashtirish talab qilinadi. Migrantlarni ishga yollashni xohlovchi ish beruvchilar shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tishi va maxsus shaklni to‘ldirishi lozim bo‘ladi.
Konsepsiyaga ko‘ra, bo‘nak solig‘i ko‘rinishidagi daromad solig‘i to‘lanmagan taqdimrda migrantlarga soliqni 15 kun ichida to‘lash talab qilingan xabarnoma yuboriladi. Soliqni to‘lamaganlarga Rossiyada ishlash taqiqlanishi va mamlakatdan deportatsiya qilinishi mumkin.
Avvalroq IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova Rossiyada barcha migrantlardan barmoq izlarini olish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.
IIV, xususan, Rossiyada 30 kundan ortiq vaqt davomida bo‘lgan barcha migrantlarga barmoq izlari, fotosurat, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va ID-kartalarni olish majburiyatini yuklamoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi