2 433
Kanadada avtopilotda harakatlanayotgan Tesla politsiyadan qochishga urindi. Bu vaqtda haydovchi uxlayotgan bo‘lgan
Foto: Alberta RCMP Traffic Services
Kanadada Tesla Model S haydovchisi harakat vaqtida xavfli holatni yuzaga keltirishda ayblandi. 20 yoshli erkak rulda uxlab qolgan, mashinani esa avtopilot boshqargan. Bu haqda Alberta provinsiyasi politsiyasi xabar berdi. Ko‘ngilsiz hodisa iyul oyida sodir bo‘lganiga qaramay, bu haqda endigina ma’lum qilindi.
Yo‘l politsiyasi xodimi soatiga 140 kilometr tezlikda harakatlanayotgan avtomobilga e’tibor qaratgan. Politsiya mashinaga yetib olishga uringanida u tezlikni avtomatik ravishda soatiga 150 kilometrga oshirgan. Politsiyachining ta’kidlashicha, mashinaning ikkala old o‘rindig‘i ham ortga surilgan, uning ichida bo‘lgan odamlar uxlayotgandek ko‘ringan.
Haydovchi bir sutkaga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan. Tergovdan so‘ng unga dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan sudga chaqiruv qog‘ozi topshirilgan. Alberta politsiyasi boshlig‘i Geri Gremning so‘zlariga ko‘ra, avtopilot faqatgina qo‘shimcha xavfsizlik tizimi bo‘lib, haydovchi oldingidek mashina boshqaruvi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"