07:00 / 25.09.2020
4 448

«Yolg‘iz bo‘ri» Xitoyning eng boy odamiga aylandi

«Yolg‘iz bo‘ri» Xitoyning eng boy odamiga aylandi
Foto: «Forbes.com»
Suv ishlab chiqaruvchi «Nongfu Spring» kompaniyasi asoschisi Chjun Shanshan Xitoyning eng boy odamiga aylandi. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.

Shuningdek, vaksina ishlab chiqaruvchi «Beijing Wantai Biological Pharmacy» asoschisi hisoblangan Shanshanning mol-mulki bir yil ichida uch baravar ko‘payib, 58,7 milliard dollarga yetdi. Bu «Alibaba» asoschisi Jek Maning boyligidan ikki milliard dollar ko‘p. Shanshan, shuningdek, hind magnati Mukesh Ambanidan keyin (uning mablag‘i 85 milliard dollarga bahlangan) Osiyoda ikkinchi va dunyoda 17-o‘rinni egalladi.

Sentabrning boshlarida «Nongfu Spring» Gonkong fond birjasida IPO o‘tkazib, Xitoyning eng boy kompaniyalari uchtaligiga kirdi. Firma aksiyalari Shanxay ro‘yxatiga kiritilgandan beri 14 baravar qimmatlashdi. Shanshan Xitoy ishbilarmonlari orasida «yolg‘in bo‘ri» nomi bilan tanilgan. Chunki u siyosatga aralashmaydi, yirik biznes uyushmalariga ham qo‘shilmagan.

«Nongfu Spring» 1996 yili mamlakatdagi toza chuchuk suvning eng yirik manbalaridan biri Syandaoxu ko‘li joylashgan Chjetszyan provinsiyasida tashkil etilgan. Suvdan tashqari kompaniya choy va sharbatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, shuningdek, tuyilgan qahva bilan savdo qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Yolg‘iz bo‘ri» Xitoyning eng boy odamiga aylandi