2 198
Xarkov viloyatida samolyot halokati sabab motam kuni e’lon qilindi — tafsilotlar (foto, video)
Foto: «Day-inews.ru»
26 sentabrda Xarkov viloyatida An-26 harbiy-transport samolyoti falokatga uchrashi sababli motam kuni e’lon qilindi, deya xabar berdi Xarkov gubernatori Aleksey Kucher matbuot xizmati.
An-26 samolyoti 25 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 20:45 da (22:45 t.v.) Chuguyev shahri yaqinida o‘quv parvozi paytida qulab tushgan. Samolyot bortida 27 kishi bo‘lgan: 7 nafar ekipaj a’zosi va 20 nafar Ivan Kojedub nomidagi Xarkov Havo kuchlari universitetining sinov parvozini amalga oshirayotgan kursantlari. Bitta kursantga uchishga ruxsat berilmagani aniqlandi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi halok bo‘lgan, ikki nafar kursant omon qolgan: ular qulayotgan samolyotdan oxirgi lahzalarda sakrashga ulgurgan. Hozir shifoxonada, ahvollari og‘ir.
«Xarkov viloyatida 2020 yil 26 sentabrda AN-26 samolyoti halokati qurbonlari uchun Motam kuni e’lon qilinsin. Motam kuni butun viloyat hududida barcha hokimiyat organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari Ukraina davlat bayrog‘ini tushiring va ularga motam tasmasini taqing», — deyiladi viloyat hokimligi saytida.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ham ushbu choralar tavsiya etildi.
[media=https://youtu.be/qMZigKBxivA] “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi