Foto: EPA
London markazida Buyuk Britaniyada qaytadan karantin joriy etilishiga qarshi bo‘lgan minglab kishilar norozilik aksiyasi o‘tkazdi. Qatnashchilar tomonidan ijtimoiy masofaga rioya etilmaganligi sababli politsiya aksiyani to‘xtatishga majbur bo‘ldi, bu esa to‘qnashuvlarga olib keldi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar politsiyachi jarohatlangan, 10 kishi hibsga olingan. Shuningdek, to‘qnashuvlarda jabrlangan yana bir necha kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Britaniya OAVning yozishicha, aksiyada 10-15 ming kishi qatnashgan. Aksiya tashkilotlarining ta’kidlashicha, pandemiya xalqning ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishini talab qilayotgan hukumatlarning fitnasidir. .
O‘tgan haftadan Buyuk Britaniyada oltidan ortiq kishining guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlangan, ammo ijtimoiy masofa saqlash qoidasiga rioya qilgan holda norozilik namoyishi o‘tkazishga ruxsat berilgan. London markazida to‘planganlar niqob taqmagan va kerakli masofani saqlamagani uchun politsiya aksiyani to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Mamlakatda kuniga 10 mingga yaqin yangi holatlar aniqlanayotgani sababli Britaniya hukumati yangi cheklovlarni joriy etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi