10:32 / 02.10.2020
3 368

Armaniston Mudofaa vazirligida Ozarbayjonning josusi fosh etildi

Armaniston Mudofaa vazirligida Ozarbayjonning josusi fosh etildi
Foto: «Korrespondent.net»
Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati Ozarbayjon tomoniga maxfiy ma’lumotlarni yetkazgan mamlakat Mudofaa vazirligidagi yuqori lavozimli mansabdorni fosh etdi. Bu haqda «Sputnik» nashriga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Qo‘lga olingan mansabdor Armaniston armiyasi va Tog‘li Qorabog‘ning harbiy texnikasi, qurollari, harbiy ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Bundan tashqari, ayblanayotgan shaxs Armaniston va Qorabog‘ning yuqori lavozimli harbiylari bilan aloqasidan foydalanib, doimiy ravishda ular bilan uchrashgan hamda bo‘linmalarning aniq harakatlariga va boshqa muhim ma’lumotlarga qiziqqan.

Ma’lum qilinishicha, Ozarbayjon maxsus xizmatlari qo‘lga olingan mansabdorni uning Gruziyaga qilgan safarlaridan birida o‘z tomoniga og‘dirgan. Shundan keyin mansabdor Gruziyaga bir necha marta borgan va o‘z kuratori bilan uchrashib, unga yig‘ilgan ma’lumotlarni bergan.

Armaniston maxsus xizmatlari xodimlari qo‘lga olingan harbiyning yashash joyida tintuv o‘tkazgan va u yerda josuslik qurilmalarini, shuningdek, dolzarb harbiy ma’lumotlarni fosh etuvchi hujjatlarning asl nusxalarini topgan. Ayni paytda mansabdor qo‘lga olingan va unga nisbatan davlatga xoinlik aybi qo‘yilgan,

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida harbiy nizo 27 sentabr kuni qaytadan boshlandi. Har ikki tomon ham bir-birini ig‘vogarona xatti-harakatlar va vaziyatni keskinlashtirishda ayblamoqda. Mojaro keskinlashgani tufayli har ikkala mamlakatda harbiy holat e’lon qilingan.

30 sentabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da Armanistonning ikki mingdan ortiq askari o‘ldirilgani va yaralanganini ma’lum qilgandi. Yerevan esa bu Bokuning bir kunlik yo‘qotishlari deb javob qaytargan.

1 oktabr kuni Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining axborot markazi jangovar harakatlar boshlangan 27 sentabrdan 1 oktabrgacha Ozarbayjonning yo‘qotishlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Ozarbayjon Qurolli kuchlarining 1280 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 2700 nafar askar yaralangan. Ozarbayjonning 90 ta uchuvchisiz uchish qurilmasi, 12 ta vertolyoti, 181 tank va harbiy piyoda mashinasi, uchta «TOS» og‘ir o‘qotar tizimi, ikkita «Smech» tizimi, to‘rtta samolyoti yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston Mudofaa vazirligida Ozarbayjonning josusi fosh etildi