O‘zining koronavirusga chalingani haqida xabar bergan AQSH prezidenti Donald Trampda COVID-19’ning kuchsiz belgilari kuzatilmoqda va u 2 oktabr kuni millatga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSH prezidenti administratsiyasidagi yuqori lavozimli manbaga tayanib, CNN telekanali xabar berdi.
«Oq uyning rasmiy vakili Trampning ahvolini koronavirusning ‘kuchsiz belgilariga’ ega deb tavsifladi. Prezidentning yordamchilari juma kuni uning xalqqa murojaat qilishini ta’minlash uchun yo‘l izlamoqda, ertalab bu haqda qaror qabul qilinmagandi», — deya ta’kidlagan telekanal.
Prezident administratsiyasi vakilining ma’lum qilishicha, Trampda asosiy belgilar kuzatilmayapti va u Oq uydagi qarorgohidan ishlashni rejalashtirmoqda.
Oq uy rahbarining shaxsiy shifokori Skott Atlasning Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, davolashning zarur davridan keyin prezidentning sog‘lig‘i to‘liq va tez tiklanishini kutmoqda. Shifokor prezidentni, ayniqsa, hozirgi yoshida «juda energetik odam» deb atagan.
Bundan tashqari, AQSH Kongressining yuqori palatasidagi Yuridik qo‘mitaga rahbarlik qiluvchi respublikachi senator Lindsi Grem Donald Tramp bilan 2 oktabr kuni ertalab gaplashganini ma’lum qilgan.
Senatorning so‘zlariga ko‘ra, prezident yaxshi kayfiyatda bo‘lgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp AQSHning yangi Oliy sudyasini tayinlash masalasi bo‘yicha tayyorgarlik haqida so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasi orqali o‘zi va turmush o‘rtog‘i Melaniya Trampda koronavirus aniqlanganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi