Foto: Reuters
Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) Yevroittifoqda koronavirus bemorlarini davolashda qo‘llanilayotgan remdesivir dorisining buyrakka salbiy ta’sirini o‘rganmoqda.
Agentlikning bildirishicha, remdesivir qabul qilayotgan ayrim bemorlarda o‘tkir buyrak kasalliklari rivojlanganligi to‘g‘risida xabarlar kelib tushgan. Bu dorining yoki koronavirusning ta’siri bo‘lganligi hozircha noma’lum, deb ta’kidlagan EMA.
Oq uy shifokorining bildirishicha, AQSH prezidenti Donald Trampda koronavirus aniqlanganidan so‘ng mana shu dorini qabul qilishni boshlagan.
Remdesivir preparati Kaliforniyaning Gilead Sciences biofarmatsevtika kompaniyasi tomonidan Ebola bezgagiga qarshi kurashish uchun ishlab chiqarilgan. 2020 yil aprelda kanadalik olimlar ushbu dori koronavirusning avj olishiga to‘sqinlik qilishini aniqlagandi.
AQSH hukumati may oyida COVID-19 bemorlarini davolashda remdesivirdan foydalanishga ruxsat bergandi.
Iyul oyi boshlarida EMA xulosasiga asosan Yevrokomissiya ham koronavirus yuqtirgan bemorlarni davolash uchun remdesivirni YEI mamlakatlarida sotishga ruxsat bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?