Rossiyaning Irkutsk shahrida e’tiborga molik voqea sodir bo‘ldi:24 soat faoliyat ko‘rsatadigan supermarketda ishlaydigan o‘zbekistonlik yigit o‘g‘rilardan do‘kon kassasidagi pullarni saqlab qolgan. Bu haqda Kp.ru saytiga asoslanib, Azon.uz xabar berdi.
Voqea sahnalari kuzatuv kamerasiga muhrlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik yigit Salohiddin Mamatqulov supermarketda yordamchi ishchi bo‘lib ishlaydi. Tungi navbatchilikda ombordan mahsulotlarni olib, peshtaxtalarga joylagan. Tonggi soat 4:00 larda hisobchi qiz 5 daqiqa uning o‘rniga kassaga qarab turishini so‘ragan. Keyin supermarketga yuziga niqob kiygan va qo‘lida pichoq tutgan ikki kishi kirib, unga hujum qilgan.
Mamatqulov jurnalistlarga bergan intervsida aytishicha, u avvaliga biroz cho‘chigan, ammo o‘g‘rilarning yosh va tajriba jihatdan no‘noqligini sezib qolgan.
O‘g‘rilar kassani o‘marishga tushganda Salohiddin sotuvga qo‘yilgan qahva paketlari va saqich pachkalarini o‘g‘rilarga otib, ularni haydagan. Qarshilikka uchragan talonchilar juftakni rostlashga majbur bo‘lgan.
Supermarket egasi yigitni bu qahramonligi uchun 10 ming rubl (128 dollar) bilan mukofotlab, qo‘shimcha dam olish kunlari bergan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston fuqarosi Olamafruz Abdullayev Rossiyaning Magnitogorsk shahrida vayron bo‘lgan imoratlar ostidan sakkiz kishini qutqarib qolgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!