20:10 / 04.10.2020
2 596

Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi bir shahar egallanganini xabar qildi. Armaniston rad etdi

Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi bir shahar egallanganini xabar qildi. Armaniston rad etdi
Foto: EPA/Vostock-photo
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ozarboyjonlik harbiylar Jabroyil shahri (Mexakavan) va Tog‘li Qorabog‘dagi bir necha qishloqni egallashgani haqida ma’lum qildi.

Armaniston mudofaa vazirligidagilar esa TASS agentligiga bergan izohida «bu bayonot (Aliyevning» yolg‘onligi va hech qanday asosga ega emasligi» haqida ma’lum qilgan.

Avvalroq Ozarboyjon hukumati Tog‘li Qorabog‘ shimolidagi Madagiz qishlog‘i ozar harbiylari nazoratiga o‘tganini e’lon qilgandi. Armaniston tomoni bu ma’lumotni ham rad etib chiqqandi.

Jabroyil (Mexakavan) 1993 yildan buyon tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tarkibida. 1991 yildagi ma’lumotga ko‘ra (undan keyingi yillarga oid ma’lumot yo‘q), Jabroyilda 6,3 ming kishi yashagan.

1990-yillarda boshlangan Tog‘li Qorabog‘ nizosi shu yil sentabr oyi oxirida yana avj oldi. Ziddiyat tomonlari bir-birini provokatsiyalarda va o‘t ochishni boshlashda ayblamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi bir shahar egallanganini xabar qildi. Armaniston rad etdi