Foto: Esquire
Gavayida ishsizlar restoranda taomlanishi uchun 500 dollardan pul beriladi. Bu haqda Esquire xabar berdi.
2020 yil 20 oktabrdan 15 dekabr sanasiga qadar ishsiz aholi 500 dollarlik Hawaii Restaurant Card’dan foydalanishi mumkin. Ushbu mablag‘ sovg‘a kartasi tamoyilida ishlaydi, pul tugaganidan so‘ng uni to‘ldirishning imkoni bo‘lmaydi.
Hawaii Restaurant Card faqat davlat restoranlari uchun amal qiladi, shuningdek, mablag‘ni nafaqat ovqatlanishga, balki choy va spirtli ichimliklar uchun ham sarflash mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 100 mingga yaqin kishi restoran kartalariga ega bo‘ladi. Umuman olganda, hokimiyat ushbu tashabbus uchun 75 million dollar ajratadi. Shunday qilib, rasmiylar koronavirus pandemiyasi tufayli ishdan ayrilgan yoki ish topa olmayotgan aholini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Bundan tashqari, restoran, mahalliy fermer, yetkazib beruvchi va boshqalar tashabbus asosida ko‘mak oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi