Foto: EPA/Vostock-photo
Misrning qadimiyliklar ishlari bo‘yicha vaziri Xolid Al-Ananiy Qohira yaqinida joylashgan Sakkara nekropolida kamida 59 ta qadimiy sarkofag topilganini ma’lum qildi. Taqdimot Joser ehromi yaqinida o‘tgan.
Associated Press nashrining xabar berishicha, arxeologlar maxsus taqdimotda noyob topilmalarni jurnalistlar va diplomatlarga taqdim etishdi va matbuot vakillari ko‘z o‘ngida ulardan birini ochishdi.
Al-Ananiyning ta’kidlashicha, tobutlarning aksariyatida mumiyolangan jasadlar joylashgan. Ular 2600 yil oldin dafn etilgan.
“Men buni katta arxeologik kashfiyot boshlanishi deb hisoblayman”, deb aytgan vazir va tobutlar topilgan hududda yana ko‘plab sarkofaglar bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Ma’lum qilinishicha, yorqin bezalgan tobutlar miloddan avvalgi 664-525 yillarda yashagan ruhoniylar, mansabdor shaxslar va elita vakillariga tegishli bo‘lgan.
Sakkara Kohiradan 30 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u 3 ming yil davomida qabriston sifatida qo‘llangan va Qadimgi Misr poytaxti Memfisning bosh nekropoli hisoblangan. Ushbu ob’ekt hozirda YUNЕSKOning Jahon merosiga kiradi. Sakkarada kamida 11 ta piramida hamda Qadimgi Misrning nufuzli va yuqori lavozimli mansabdor shaxslariga tegishla yuzlab sarkofaglar mavjud.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi