Foto: kloop.asia
Davlat chegarasidan noqonuniy ravishda O‘zbekistonga o‘tgan qirg‘izistonlik amaldor qo‘lga olindi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘z yurtidan qochmoqchi bo‘lgan shaxs O‘sh viloyatining Qora-Suv tumani hokimi Tilak Matraimov bo‘lib, u o‘zbek-qirg‘iz chegarasini ajratib turgan daryo orqali O‘zbekistonga o‘tayotganda davlat chegara xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ushlangan paytda hokim bilan birga uning o‘g‘li va shaxsiy tansoqchisi bo‘lgani aytiladi.
O‘zbek chegarachilari 9 oktbyar kuni T. Matraimov va uning hamrohlarini qo‘shni davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organiga topshirgan.
Aytilishicha, Matraimov Qirg‘izistonda katta ta’sirga ega sulola vakili hisoblanadi. Uning yaqin qarindoshlari davlatning yuqori lavozimlarida ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi