
Foto: «BitukMedia»
Toliqish, mushaklardagi og‘riq, oyoqlarda pufakchalarning paydo bo‘lishi koronavirus darakchilari bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Daily Mail» britaniyalik olimlar Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha maslahat guruhi (SAGE)ga taqdim etgan hisobotga asoslanib xabar berdi.
Mutaxassislarga ko‘ra, bu alomatlar kasallik yuqtirganlarning yoshi va organizmi xususiyatlariga qarab turli yo‘llar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Biroq Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi, test olish markazlari gavjumlashib ketmasligi uchun, yangi alomatlarni COVID-19 indikatorlari ro‘yxatiga qo‘shmadi.
Mamlakatda yuqori darajali isitma, surunkali yo‘tal va hid bilishning uzoq muddatli yo‘qolishi kovidning alomatlari sifatida rasman tan olingan.
Pandemiya boshlanganidan beri Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasi 570 ming kishida aniqlandi, 42 mingdan ortiq odam vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar