
Foto: «Oko-planet.su»
COVID-19ni boshidan o‘tkazgan AQSH prezidenti Donald Tramp endi zararli emas. Bu haqda uning davolovchi shifokori Shon Konli ma’lum qildi.
Tibbiyot xodimining ta’kidlashicha, oxirgi tahlil natijalari Oq uy rahbari endi atrofdagilarga virusni yuqtirmasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun endi u o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibidan chiqishi mumkin.
10 oktabr kuni Tramp koronavirusni yuqtirib olgandan so‘ng birinchi marta omma oldiga chiqdi. Tadbir Oq uyning janubiy maydonchasida tarafdorlari ishtirokida o‘tkazildi, davlat rahbari niqob taqmagandi.
Avvalroq Amerika yetakchisi koronavirus chaqirgan kasallik paytida o‘zini yaxshi his qilmaganini aytgandi. Uni tomografiya qilishdi, negaki o‘pka yallig‘lanishiga gumon bo‘lgan. Lekin kasallik tasdiqlanmadi.
Trampning koronavirusni yuqtirib olgani 2 oktabr kuni ertalab ma’lum bo‘ldi. Test natijalari rafiqasi Melanya Tramp ham kasallikka chalinganini ko‘rsatdi. Bir necha kundan so‘ng prezidentda infeksiyaga antitanacha topildi.
Donald TrampCOVID-19Oq UyTibbiyot XodimiVirus YuqtirishIzolyatsiya Qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar