Saudiya Arabistonidagi auksionda lochin rekord narxda – 173 ming dollarga sotildi. Bu kelishuv podshohlikda har yil o‘tuvchi auksiondagi eng yirigi va Fors ko‘rfazi davlatlarida lochinlar savdosi tarixidagi eng qimmati bo‘ldi.
Auksion Saudiya lochin klubi tomonidan tashkillashtiriladi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, 1,1 kg og‘irlikka ega sahro lochini - shaxin Saudiya Arabistonining shimolidagi Xafir-al-Batin viloyatida tutib olingan.
Lochinlarning o‘rtacha narxi 30 ming dollarni tashkil qiladi. Joriy yilda auksion qishki lochin ovi mavsumi arafasida o‘kazilgan. Pandemiya sababli yozgi ov mavsumi esa bekor qilingan.
Arabiston yarimorolida yashovchi arablar madaniy merosining bir qismi hisoblangan lochin ovi an’analari ming yillik tarixga ega. Ushbu qushlarga talab katta bo‘lgani sababli ularning noqonuniy savdosi faol olib boriladi: har yil podshohlikda 2,7 mlnga yaqin lochin ushlanadi yoki o‘ldiriladi. Shu sababli davlat lochinlar kelib chiqishi qonuniy ekani tasdig‘ini talab qilgan holda rasmiy auksionlar va musobaqalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Joriy yilda lochin auksioni poytaxt Ar-Riyod yaqinida o‘tkazilmoqda. Savdolardan tushadigan pullar lochin ovini rivojlantirish va ommalashtirishga yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"