
Koronavirusga qarshi qo‘llanuvchi bir qator dori vositalari koronavirusdan o‘lim darajasining pasayishiga ta’sir qilmaydi va o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmalariga ulangan bemorlar sonini kamaytirmaydi. Bu dorilar orasida remdesivir va gidroksixloroxin ham bor.
Bunday ma’lumotni JSST ma’lumotlariga tayanib Financial Times ma’lum qildi.
“Remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir va interferon qo‘llangan davolash sxemalari shifoxonadagi kasallarning o‘lim darajasiga deyarli ta’sir qilmaydi”, deyilgan JSST xabarida.
Ta’kidlanishicha, bunday natijalar JSSTning Solidarity deb nomlangan tadqiqoti davomida olingan va hozircha ular bo‘yicha rasmiy hisobot hali e’lon qilinmagan.
Nashrda ta’kidlanishicha, JSSTning ushbu xulosasi koronavirusga qarshi qo‘llanuvchi o‘z samarasini isbotlagan yagona vosita deksametazon hisoblanishini anglatadi.
KoronavirusDori VositalariJSST Ma’lumotlariO‘lim DarajasiRemdesivirGidroksixloroxin O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar