Demokratik qarshilik harakati 2014 yildagi harbiy davlat to‘ntarishidan so‘ng rahbarlikni qo‘liga olgan Prayut Chan-Ocha boshchiligidagi hukumatning iste’fosini talab qilmoqda.
Tailandda hukumatning yig‘ilishlar o‘tkazishga qo‘ygan taqiqiga qaramasdan minglab namoyishchilar ko‘chalarga chiqishdi. AFP agentligining xabar berishicha, hukumat tomonidan qarshilik bo‘lishining oldini olish maqsadida aksiya o‘tkaziladigan joy u boshlanishiga bir soat qolganida ma’lum qilindi.
Dpa agentligining ma’lumotiga ko‘ra, Bangkok ko‘chalariga 23 mingdan ortiq kishi chiqqan. Politsiya 16 oktabr kuni namoyishchilarga qarshi suv purkaydigan texnika va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangani uchun aksariyat namoyishchilar kaska va protivogazlarda chiqishdi.
Demokratik qarshilik harakati 2014 yildagi harbiy davlat to‘ntarishidan so‘ng rahbarlikni qo‘liga olgan Prayut Chan-Ocha boshchiligidagi hukumatning iste’fosini talab qilmoqda. Namoyishchilar shuningdek, demokratik harakat faollarining hibsga olinganiga norozilik bildirmoqda.
Tailand bir necha o‘n yillardan beri siyosiy barqarorlik nima ekanini bilmay kelmoqda. Bir tarafda konservativ hukumat va qirol oilasi, ikkinchi tarafda esa demokratiya tarafdorlari bir-birlari bilan kurash olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi