date
views 4 890

Koronavirusdan o‘lim xavfini ikki karra oshiradigan omil aniqlandi

Koronavirusdan o‘lim xavfini ikki karra oshiradigan omil aniqlandi
COVID-19 dan o‘lim xavfini buyrak kasalliklari ikki baravar oshiradi. London Imperial kolleji olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Mutaxassislar 10 martdan 23 iyulgacha London va Birmingemdagi to‘rtta kasalxonada intensiv terapiya bo‘limlariga yotqizilgan 372 koronavirusga chalingan bemorlarning ma’lumotlarini o‘rganishdi. Bemorlardan 216 kishida buyrak muammosi mavjud bo‘lgan. Ulardan 107 kishi vafot etdi (taxminan 50 foizi). Buyrak patologiyasi bo‘lmagan boshqa 156 bemordan 32 kishi (21 foizi) vafot etdi.

Tadqiqotchilar buni virusning tanaga ta’siri, o‘pka va buyraklar o‘rtasidagi «o‘zaro bog‘liqlik» va COVID-19 ni davolashda toksik moddalarni qo‘llash bilan bog‘lashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusdan o‘lim xavfini ikki karra oshiradigan omil aniqlandi