Foto: RIA Novosti
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov agarda qonunchilikka o‘zgartirish kiritiladigan bo‘lsa, prezident saylovida ishtirok etishga tayyorligini aytdi.
Hozirda qonunga ko‘ra prezident vazifasini bajaruvchi shaxs prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi.
"Hozirda parlamentda parlament va prezident saylovlari to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar tayyorlanmoqda. Agarda qonunchilikdagi o‘zgarishlar natijasida saylovda ishtirok etishimga ruxsat berilsa, qatnashaman", - dedi u "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida.
Japarovning so‘zlariga ko‘ra, "bu haqda gapirishga hali erta, hozircha bu borada qaror qabul qilinmadi".
14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarovni bosh vazirlikka tayinladi.
Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste’foga chiqdi.
Prezidentning iste’fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi