Foto: Independent
Amerikalik tadbirkor, SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Mars sayyorasida Yerdan to‘liq mustaqil bo‘lgan shahar qurish rejasini ma’lum qildi. Milliarderning qayd etishicha, ayni paytda Marsda quriladigan uylarning bir nechta loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Maskning fikricha, bunday shaharni Yerda falokat yuz berishidan oldin qurishga ulgurish kerak. Falokat sifatida Uchinchi jahon urushi, asteroidlar bilan to‘qnashuv yoki supervulqon otilishi nazarda tutilgan.
«Sivilizatsiya o‘ta kuchli ko‘rinmayapti, u hozir omonat turganga o‘xshaydi», — deya ma’lum qilgan SpaceX rahbari. Maskning aytishicha, Marsda o‘z-o‘zini ta’minlaydigan shaharning qurilishi uning hayotligida yuz berish ehtimoli kam.
Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, Starship kosmik kemasi to‘rt yildan keyin qizil sayyoraga ekipajsiz yo‘l olishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda"