Foto: «Lenta.ru»
Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o‘ldiga chiqarilgan chaqaloq dafn etishdan bir necha daqiqa oldin «jonlandi». Bu haqda «The Daily Star» xabar berdi.
16 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 4:45 larda tibbiyot kolleji qoshidagi klinika shifokori vaqtidan oldin tug‘ilgan qizaloq dunyoga kelgandan so‘ng bir necha daqiqa o‘tgach vafot etganini qayd etib qo‘ygan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli Shaxinur Akter homiladorlikning 6,5 oyligida ko‘zi yorigan.
Shifoxona xodimlari «o‘lik» go‘dakni qo‘lqoplardan bo‘shagan qutiga solib, Shaxinurning turmush o‘rtog‘i Yeasin Mollga tutqazib, uni Azimpurdagi qabristonga dafn etib kelishni so‘raydi. Ota farzandini qabristonga olib boradi. Lekin u yerdagilar bolani arzonroq qabristonga ko‘mishni taklif etishadi.
Yeasin boshqa qabristonga yetib borgach, dafn etish haqida kelishadi. Go‘rkov qabrni qazib bo‘lgach, go‘dakni dafn etishga hozirlik ko‘rishayotganida kutilmaganda quti qimirlay boshlaydi.
«Men qutini ochib, qizalog‘imning tirik ekanligini ko‘rdim. Bolam qimirlab, og‘zini ochdi», — dedi Moll. U go‘dakni olib, shifoxonaga qaytib bordi.
Navbatchi shifokor va hamshira dastlab bo‘sh joy yo‘qligini ro‘kach qilib, uni qabul qilishdan bosh tortishdi. Lekin Moll xususiy klinikaga yotqizishga puli yo‘qligini, ustiga-ustak, shifokorlar yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatishi zarurligini aytib oyoq tirab turib oladi.
Oxir-oqibat, qizchani shifoxonaga yotqizishdi, u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Klinika rahbariyati yuz bergan hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?