“Sayrga chiqqan go‘dak” hayotda takrorlandi

“Sayrga chiqqan go‘dak” hayotda takrorlandi
“Sayrga chiqqan go‘dak” hayotda takrorlandi
Foto: Videodan kadr

“Sayrga chiqqan go‘dak” filmi voqealari go‘yo hayotda ham takrorlangandek.

Turkiyada 2 yoshli qizaloq ota-onasining bir zum chalg‘ishi oqibatida eshigi ochiq turgan avtobusga chiqib ketgan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, haydovchi avtobusda yolg‘iz ketayotgan va yig‘layotgan bolani payqab qoladi. Shundan so‘ng u darhol avtobusni ortga qaytarib, qizaloqni ota-onasiga topshirgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalgach, ayrim foydalanuvchilar “Sayrga chiqqan go‘dak” filmi hayotda”, deya izohlar qoldirishgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar