20:20 / 22.10.2020
2 649

Rossiyada koronavirusning 80dan ko‘proq mutatsiyasi aniqlandi

Rossiyada koronavirusning 80dan ko‘proq mutatsiyasi aniqlandi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiyaning “Vektor” markazida koronavirusning 80dan ko‘proq mutatsiyasi aniqlangani ma’lum qilindi. Biroq bu mutatsiyalar markaz ishlab chiqayotgan vaksinaning samaradorligiga ta’sir qilmaydi.

Markaz bosh direktori Rinat Maksyutovning ta’kidlashicha, Rossiyaning barcha hududlarida virusning o‘zgarishini aniqlash bo‘yicha onlayn-rejimda tadqiqotlar olib borilmoqda.

Maksyutovning aytishicha, markaz ishlab chiqayotgan “EpiVakKorona” vaksinasining samaradorligi virusning mutatsiyalarga barqarorligidan iborat. Bunga vaksina koronavirusning o‘zgarmaydigan qismlari asosida ishlab chiqilgani hisobiga erishilgan.

Mutaxassis vaksinaning ikkinchi ustunligi sifatida uning areaktogenligini, ya’ni nafaqat sog‘lom kishilarga, balki keksalar, allergiyaga moyil va surunkali kasallikliklarga ega kishilar uchun mutlaq bezarar ekanini aytib o‘tgan.

“EpiVakKorona” vaksinasi Rossiyada “Sputnik V”dan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan ikkinchi vaksina bo‘ldi. Ushbu vaksina koronavirusning oqsillari qismlarining sintetik muqobillariga ega. Ular inson immun tizimiga virus zarralarini aniqlashda va virusga javob berishda yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirusning 80dan ko‘proq mutatsiyasi aniqlandi