08:40 / 23.10.2020
1 903

Obama: O‘smirligimda muzqaymoq do‘konida ishlab, Trampdan ko‘proq soliq to‘laganman

Obama: O‘smirligimda muzqaymoq do‘konida ishlab, Trampdan ko‘proq soliq to‘laganman
AQSH sobiq prezidenti Barak Obama o‘smirlik chog‘ida muzqaymoq do‘konida ishlayotgan paytida, ehtimol, Trampdan ko‘ra ko‘proq soliq to‘laganligini ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

Bu haqda u saylovoldi kampaniyasi chog‘ida birinchi marta Demokratik partiyadan nomzod Jo Baydenni shaxsan qo‘llab-quvvatlab, Filadelfiyadagi mitingda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

«Men Pensilvaniyaga kelishni yaxshi ko‘raman. Sizlar meni ikki marta qo‘llab-quvvatladingiz, bugun esa men sizdan Oq uy Jon Bayden va Kamala Harrisga o‘tishida yordam berishingizni so‘rash uchun qaytib keldim», — dedi Obama.

Obamaning so‘zlariga ko‘ra, Tramp prezident lavozimiga «e’tiborni tortishda yordam berishi mumkin bo‘lgan realiti-shou»dek qaragan. Sobiq prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Trampning aybi bilan «AQSHning dunyodagi obro‘si poymol qilingan» va AQSHda koronavirus infeksiyasiga qarshi samarali choralar ko‘rilmagan.

Shuningdek, Obama o‘smirlik chog‘ida muzqaymoq do‘konida ishlab, Trampdan ko‘proq soliq to‘lagan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu bilan u The New York Times’ning Tramp 2016 va 2017 yillarda bor-yo‘g‘i 1,5 ming dollar daromad solig‘i to‘lagani haqidagi maqolasiga ishora qilib o‘tdi.

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp 10 yildan beri federal daromad solig‘ini to‘lamay kelmoqda. Tramp 2016 yilda faqatgina 750 dollar daromad solig‘ini to‘lagan. 2017 yilda ham u to‘lagan soliq miqdori ayni shunchani tashkil etgan. Nashrning ta’kidlashicha, 2018 yilda prezident «O‘quvchi» realiti-shousidagi ulushidan va o‘z ismidan foydalanish huquqi uchun qariyb 427 million dollar ishlab olgan. Shu bilan birga, ikkita ofis binosiga muvaffaqiyatli sarmoya kiritgani sabab 176,5 million dollar daromad qilgan. Faqatgina ushbu daromadlar uchun Tramp 100 million dollardan ko‘proq soliq to‘lashi kerak edi, deb qayd etadi The New York Times.

Tramp NYT nashridagi ma’lumotlarni yolg‘on deb atadi. «Bularning barchasi soxta xabarlar. Aslida, men soliq to‘layman», – dedi prezident. Trampning ta’kidlashicha, hozirda uning soliq deklaratsiyalari qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Keyinroq AQSH prezidenti Donald Tramp saylovoldi debatlar paytida so‘nggi yillarda u millionlab dollar daromad solig‘ini to‘laganini va bundan qochmaganini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obama: O‘smirligimda muzqaymoq do‘konida ishlab, Trampdan ko‘proq soliq to‘laganman