1 592
Britaniyalik mutaxassis ilk vaksinalar hamma uchun ham samarali bo‘lmasligi mumkinligini aytdi
Foto: novostipmr.com
Koronavirusga qarshi vaksinalarning birinchi avlodi hamma uchun ham samarali bo‘lmasligi va qisqa muddatli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Bunday fikrni Britaniya hukumatining vaksinalar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Keyt Bingem bildirdi.
“Vaksinalarning birinchi avlodi mukammal bo‘lmasligi mumkin va biz vaksinalar zararlanish oldini ololmasligi, ular faqatgina simptomlarni kamaytirishi mumkinligiga tayyor turishimiz lozim. Bu holatda ham ular hamma uchun ham samarali yoki uzoq vaqt ta’sirga ega bo‘lmasligi mumkin”, deb yozgan Bingem The Lancet tibbiy nashridagi maqolasida.
Mutaxassis vaksina ishlab chiqilishi borasida ortiqcha umidlarga berilmaslikka chaqirgan va vaksina umuman bo‘lmasligi mumkinligini ham aytgan.
O‘z navbatida, Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok hukumat mamlakatda koronavirusga qarshi emlash vaksinalar o‘z samaradorligini isbotlagandan keyin 2021 yil birinchi yarmida boshlanishi mumkinligini taxmin qilayotganini aytgan.
Ayni vaqtda Britaniya klinik sinovlardan o‘tkazilayotgan 6 ta nomzod vaksinadan o‘nlab million dozaga dastlabki shartnomalar tuzgan. Qirollikda Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi ishlab chiqayotgan vaksinaga katta umid bog‘lanmoqda. Ushbu vaksina sinovlarining yakuniy bosqichi Britaniya, Braziliya, Hindiston, JAR, Yaponiyada o‘tkazilmoqda. Kompaniyada vaksinaning samaradorligi haqida ma’lumotlarni 2020 yil oxirigacha olish kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi