14:43 / 04.11.2020
2 070

Indoneziyada talabalarga o‘qish uchun to‘lovni kokos bilan amalga oshirishga ruxsat berildi

Indoneziyada talabalarga o‘qish uchun to‘lovni kokos bilan amalga oshirishga ruxsat berildi
Foto: thebalisun.com
Indoneziyaning Bali orolida joylashgan Venus One turistik akademiyasi o‘z talabalariga o‘qish uchun to‘lovni kokos va moringa barglari yig‘ish bilan amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu imkoniyat koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy holati yomonlashgan talabalarga yordam tariqasida taqdim etilmoqda.

Ta’lim muassasasi vakili Vayan Pasek Adi Putraning ta’kidlashicha, bungacha talabalarga o‘qish pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan.
Biz talabalarni ular atrofini o‘rab turgan tabiiy zaxiralardan foydalanishga o‘rgatishimiz lozim. Shu tariqa, ular pandemiya yakunlangandan keyin muhim tajribaga ega bo‘ladilar va ularni oddiy ishchilar deb atab bo‘lmaydi”, deb aytgan Vayan Pasek.

Uning ta’kidlashicha, talabalar yig‘gan kokoslardan sotish uchun akademiyada yog‘ olinadi, moringa barglaridan esa sovun tayyorlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada talabalarga o‘qish uchun to‘lovni kokos bilan amalga oshirishga ruxsat berildi