5 573
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov 4,6 ming yevrolik kurtkasini qayerdan olganini aytdi
Foto: Tengrinews
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov qimmat kiyimlarini qayerdan olganini ma’lum qildi. «Region» telekanalining qayd etishicha, siyosatchi 2,5 ming dollar turadigan jilet va 4,6 ming yevro turadigan kurtka kiyadi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
«Kiyimni men o‘zim tanlamayman. Asosiysi, kiyim yarashishi va mos keluvchi o‘lchamda bo‘lishi, shundan keyin uni kiyaman. Menga kiyimni turmush o‘rtog‘im olib keladi», — deya ta’kidlagan Sadir Japarov.
«Bu kiyimni menga yaqin qarindoshlarim, do‘stlarim tabriklagan vaqtda sovg‘a qilgan. Axir narxini so‘ramaysan-ku. Bugungacha so‘ramaganman. Qanday qilib olmaysan? Masalan, do‘stim menga kurtka olib keldi, narxini esa so‘ramadim. Agar ertaga uni kiysam, yana gap-so‘z bo‘lishi mumkin», — deya tushuntirish bergan Japarov.
Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, kiyimlarining bir qismini unga fuqarolar jo‘natgan.
«Moskva, Sankt-Peterburg, Qozondagi vatandoshlar ham kiyimlar to‘plab, menga jo‘natdi. Hozir o‘zimda bor kiyimlarni kiyyapman. Odamlar kiyayotgan kiyimlarni kiyyapman. Biroq narxini so‘ramaganman, hatto qiziqmaganman. Narxiga qaramayman, asosiysi — mos tushishi. O‘zim bozorga, do‘konga bormayman, menga turmush o‘rtog‘im olib keladi», — degan Sadir Japarov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi