2 741
Xitoyda Qora pantera laqabli it mashina urib yuborgan mushukni sudrab, yo‘l chetiga olib o‘tdi
Foto: Daily Mail
Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Guanyuan shahrida yashovchi it mashinalar yurishdan to‘xtamayotgan bir vaqtda, yo‘l o‘rtasida o‘lik holda yotgan mushukni uyg‘otishga urindi va uni sudrab, yo‘l chetiga olib o‘tdi. Bu haqda Daily Mail xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, 28 oktabr kuni Qora pantera laqabli it mashina mushukni urib yuborganini ko‘rgan. Shundan keyin yo‘l o‘rtasida yotgan mushuk yoniga borib, panjalari bilan uni uyg‘otishga harakat qilgan. Qimirlamaganidan keyin tishlari va old panjalari bilan o‘lik mushukni yo‘l chetiga sudrab olib o‘tgan. Itning ushbu xatti-harakatlari aks etgan video voqeaga guvoh bo‘lgan fuqaro tomonidan Tik Tok’ning xitoycha versiyasi Douyin’ga joylangan.
— Shukhrat (@bankir2102) November 7, 2020
Egasi itining ushbu xatti-harakati haqida tarmoqqa yuklangan videoni tomosha qilganidan keyingina bilgan. U o‘sha payt iti o‘zi bilan sayr qilib yurganini bildirib, videoni tomosha qilganidan keyin u bilan birga voqea joyiga borgani, ammo ko‘cha tozalovchilar allaqachon mushukni ko‘mib bo‘lgani haqida xabar topganini qo‘shimcha qilgan.
It egasining aytishicha, voqea yuz berganidan beri Qora pantera har gal sayrga chiqqanida mushuk do‘stini qidirishdan to‘xtamagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi