1 893
AQSH bosh prokurori prezident saylovlaridagi ehtimoliy qoidabuzarliklarni tergov qilishni buyurdi
Foto: Getty Images
AQSH bosh prokurori Uilyam Barr butun mamlakat bo‘ylab barcha federal prokurorlarga prezident saylovlarida qoidabuzarliklar sodir etilgani haqidagi da’volar bo‘yicha tergov o‘tkazishni buyurdi.
Barrning buyrug‘iga ko‘ra, tergovlar qoidabuzarliklar sodir etilgani haqidagi da’volar ishonchli bo‘lsagina va bu qoidabuzarliklar ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatsagina o‘tkazilishi lozim.
Bahslarni hal qilishga shtatlarda 8 dekabrgacha vaqt bo‘ladi. 14 dekabrda saylovchilar hay’ati uchrashuv o‘tkazib, unda ovoz berish natijalari rasman tasdiqlanadi.
AQSHda prezident saylovlari 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. Aksariyat ovozlar hisoblab bo‘lindi, biroq rasmiy natijalar keyinroq e’lon qilinadi. AQSHning bir qator OAVlari mavjud ma’lumotlarga asoslanib, prezident saylovlarida Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qilgan.
Amaldagi prezident Donald Tramp esa mag‘lubiyatini tan olmayapti va demokratlarni undan ovozlarni “o‘g‘irlashda” ayblamoqda. Trampning advokatlari ovozlarni hisoblashni to‘xtatish va qoidabuzarliklarni tergov qilish talabi bilan shtatlar sudlariga da’vo arizalari kiritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi